35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Obod turmush” mahallasida “ hokim yordamchisi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimi deputatlik faoliyati davomida "Guliston" mahallasidagi yana bir savdo do'koni faoliyatini o‘rgandi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
#nazorat tadbiri

Olmaliq shahar "Chambil" mahallasi hududidagi eski "Mebelniy" fabrikasi orqa tomoniga chiqindi tashlanayotganligi toʻgʻrisidagi murojaat deputatlik nazoratiga olindi.

Mazkur holatni joyiga chiqqan holda atroflicha oʻrganish maqsadida, hudud deputati Faxriddin Matasimov hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi, Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov ishtirokida ishchi guruh tuzilib, monitoring ishlari olib borildi.

O'rganish natijalari quyidagilarni koʻrsatdi:
Xalq tilida "eski Mebelniy" deb ataluvchi fabrika binosi va maydoni hozirgi kunda bir nechta tadbirkorlar tomonidan sotib olingan boʻlib, ular bu yerda turli yoʻnalishlarda oʻz ishlab chiqarish faoliyatini yuritib kelmoqda.

Hududdagi qurilish materiallari qoldiqlari koʻp yillar muqaddam nomaʼlum sabablarga koʻra toʻplangan boʻlib, aniqlanishicha, ular ochiq maydonda emas, balki yopiq hudud ichida saqlanmoqda.

Mazkur yer maydonining ayni paytdagi egasi chet el fuqarosi boʻlib, hozirda Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlmaganligi sababli, u bilan bevosita suhbatlashish va holat yuzasidan qoʻshimcha oʻrganish oʻtkazish imkoni boʻlmadi.

Navbatdagi choralar:
Hududdagi ekologik holat va aholi osoyishtaligi deputatlik korpusi hamda masʼul boʻlimlarning doimiy diqqat markazida turadi. Yer egasi boʻlgan xorijiy tadbirkor mamlakatimizga qaytishi bilangan, hududni tozalash va tartibga keltirish choralari qonuniy doirada koʻrib chiqiladi.

Slide 1 of 3