Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MIRZATO‘P MFYDA ASFALTLASH ISHLARI OLIB BORILDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" 665-sonli qaroriga muvofiq, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining qarori tasdiqlangan edi. Kengash qarori asosida tumanimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

🔎Jumladan, xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati S.Nurmamatova tashabbusi bilan shu kunlarda Mirzato‘p mahallasining F.Bozorov ko'chasida 250 metr masofadagi asfaltlashtirish ishlari olib borildi.

✅Mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash, harakat xavfsizligini taʼminlash va aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan bu kabi ishlar davom etadi.

Slide 1 of 5