Maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyati mudiri F.Xolmuratova va Kengash bosh mutaxassisi E.Turayevlar tomonidan 68-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, oziq-ovqat ta’minoti, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda pedagog va tarbiyachilarning ish faoliyati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasada mavjud muammo va ehtiyojlar o‘rganilib, ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Yosh avlodning har tomonlama barkamol voyaga yetishi uchun maktabgacha ta’lim tizimida yaratilayotgan sharoitlarni muntazam o‘rganib borish va bu yo‘nalishdagi ishlarni qo‘llab-quvvatlash doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.