Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Aholi salomatligi – doimiy e’tiborda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati M.Kazakov tomonidan 1-son oilaviy poliklinikada o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, shifokor va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, dori-darmon ta’minoti hamda fuqarolar murojaatlari holati bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya hamda takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlash, sohada uchrayotgan muammolarni bartaraf etish va tizim faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari doimiy nazoratda ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2