Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotira — qalbda, ehtirom — amalda!
янв.21
Dastur asosida “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilotlarda reja asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda
янв.21
“Yo‘lchi” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda
янв.21
Deputat faoliyati
“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”

“SAYYOR QABUL — AHOLI MUAMMOLARINI JOYIDA HAL ETISHGA XIZMAT QILADI”

Navoiy shahar hokimi, Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Ergashev Dilmurod Bekmuradovich “Hayot” mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan uy-joy, kommunal xizmatlar, bandlik, infratuzilma hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar va takliflar bildirildi. Fuqarolarning har bir murojaati atroflicha o‘rganilib, mutasaddi tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, ayrim masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Ta’kidlanganidek, bunday ochiq muloqotlar aholi bilan yaqindan ishlash, ularni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sayyor qabul samimiy va konstruktiv ruhda o‘tib, fuqarolarning taklif hamda murojaatlarini tinglash orqali hududdagi dolzarb masalalarni hal etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 6