Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xotira — qalbda, ehtirom — amalda!
янв.21
Dastur asosida “Nurli hayot” mahallasida ko‘prik qurilish ishlari davom etmoqda
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasi tomonidan tumandagi tashkilotlarda reja asosida o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda
янв.21
“Yo‘lchi” mahallasi “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Deputat nazorati: Joylarda amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallada saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
#OAV_biz_haqimizda
янв.21
Deputat faoliyati
Sayyor qabulda aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Rovshan Yusupov tomonidan Shayx Shivliy MFYda aholi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasining “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi O‘RQ–415-son Qonuni mazmuniga hamohang ravishda tashkil etildi. Ushbu Qonunning maqsadi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Sayyor qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, moddiy yordam, tibbiy xizmatlardan foydalanish, nogironligi bo‘lgan shaxslar va keksalarni qo‘llab-quvvatlashga oid murojaatlari tinglandi.

Murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal etish hamda ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi.

Deputat tomonidan olib borilayotgan bunday sayyor qabullar aholining murojaatlarini joyida o‘rganish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar manfaatlarini qo‘llab-quvvatlash va mahallalarda ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 4