Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
XIVA SHAHRIDAGI “QIBLA TOZABOG‘” MFYDA MUAMMOLAR O‘RGANILIB, USTUVOR VAZIFALAR BELGILANDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A. Bobajanov tomonidan Xiva shahridagi “Qibla tozabog‘” mahalla fuqarolar yig‘inida kompleks o‘rganishlar olib borildi.

🎁 O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, tungi yoritish tizimi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Ayni paytda hududda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

📚 Ta’lim va madaniyat yo‘nalishida:

Maktab ko‘chasida Konfutsiy va Lu Ban madaniyati maydonini barpo etish, shuningdek Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda Konfutsiy ta’lim muassasasini tashkil etish ishlari olib borilmoqda.

 Infratuzilma yo‘nalishida: Hilol va Maktab ko‘chalarida 🛣 yo‘l infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

💧Suv isrofining oldini olish maqsadida mahalla hududidan o‘tuvchi ariqlarni betonlashtirish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

✅ Ijtimoiy ko‘mak yo‘nalishida:

Hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalardan biri — Nigora Ollaberganova xonadonini ta’mirlash ishlari tashkil etildi.

📌 Aniqlangan muammolar va ustuvor vazifalar: O‘rganishlar davomida Luqmon va Muzaffar ko‘chalari kesishmasida harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish lozimligi qayd etildi.

Shuningdek, Barhayot, Shiroq va Luqmon ko‘chalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida mavjud ochiq turdagi eski transformatorni yopiq turdagi, yuqori quvvatli zamonaviy transformatorga almashtirish zarurligi belgilandi.

📝 Mazkur masalalar yuzasidan deputat tomonidan tegishli tavsiyalar berildi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi chiqarilishi belgilandi.

Slide 1 of 3