Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🩺 Aholi salomatligi va halollik masalalari — doimiy e’tiborda

      Sho‘rchi tumanida tibbiy xizmat sifati va korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida tadbir o‘tkazildi

       Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashiga 25-Oliyhimmat saylov okrugidan saylangan deputat Saidova Guzal Daminovna tomonidan “Oliyhimmat” MFY hududida joylashgan “Ijtimoyat” qishloq vrachlik punktida tadbir tashkil etildi. 

      Tadbirda aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganilib, fuqarolar
bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. 

     Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish – halollik va adolat kafolati” mavzusida ma’rifiy suhbat tashkil qilinib, halollik, ochiqlik va qonunga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Tibbiy xizmat sifati va fuqarolar manfaatlari doimiy e’tiborda.

      

Slide 1 of 1