Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputatlar tumandagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqdalar
янв.21
Tumanda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
Shahar Kengashi deputati “Shayxon” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

Aholi murojaatlarini joyida o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarga tezkor yechim topish maqsadida Xalq deputatlari shahar kengashi deputati F.Hojiyev “Shayxon” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda sayyor qabul tashkil etdi.

Sayyor qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ijtimoiy himoya, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma hamda kundalik turmush bilan bog‘liq bir qator masalalar ko‘tarildi. Deputat F.Hojiyev har bir murojaatni diqqat bilan tinglab, ayrim masalalarga joyida huquqiy tushuntirishlar berdi, yechim talab etadigan murojaatlar bo‘yicha esa tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilandi.

Uchrashuvda mahalla yettiligi vakillari ham faol ishtirok etib, hududdagi dolzarb muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarini bildirishdi.

Mazkur sayyor qabul aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda joylardagi muammolarni manzilli hal etishga xizmat qildi.

Slide 1 of 4