Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA YETTILIGI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Deputatlik faoliyati
янв.21
Deputatlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining tuman bo‘limi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan ichki yo‘llar ta’mirlanmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyat xodimlari uchun semenar o‘tkazildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING O‘N YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi faoliyati
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputatlar tumandagi obodonlashtirish ishlarida faol qatnashmoqdalar
янв.21
Tumanda davlat dasturlariga kiritilgan loyihalar ijrosi deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda
Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

 Vatan posbonlari bilan uchrashuv o‘tkazildi 

Quva tumanida
joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 45370-son harbiy
qismda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2025 yil 26 dekabr
kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan
ustuvor yo‘nalishlar hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini
shaxsiy tarkibga yetkazish maqsadida ma’rifiy-targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi. 

Mazkur tadbirda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat
bo‘limi raisi Z.Xolmatov, Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi raisi, “Nuroniy”
jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Z.Ashurov, Respublika “Nuroniy” jamg‘armasi yurist-konsulti
Z. Azimjonov, shuningdek, xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari ishtirok
etdilar. 

Uchrashuv davomida
ishtirokchilar tomonidan harbiy xizmatchilarga davlatimiz rahbarining Murojaatnomasida
belgilangan asosiy ustuvor yo‘nalishlar, shu jumladan, mudofaa salohiyatini yanada
mustahkamlash, harbiy xizmatchilarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, yoshlarni
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda qonun ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan
islohotlar mazmun-mohiyati batafsil tushuntirib berildi. 

Shuningdek,
harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar qaytarilib, bunday
uchrashuvlar shaxsiy tarkibning siyosiy-huquqiy bilimini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 9