Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman hududini rivojlantirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi va uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Murojaatnomaning mohiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda
янв.21
Deputatlar targ‘ibot tadbirlarida
янв.21
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori
янв.21
2026 yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi
янв.21
Xashar elga yarashar
янв.21
Tashabbusli budjet jarayoni 2025-yil 2-mavsum loyihalarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi manzilli o‘rganilmoqda
Prezident Murojaatnomasi – ta’lim sohasini rivojlantirishga qaratilgan muhim dastur

2026-yil 8-yanvar kuni Guliston shahar Kengashi deputati M.Bektasheva tomonidan Madaniyat mahallasi yettiligi va saylovchilar ishtirokida mamlakatimizda muhim siyosiy voqea — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Prezidentimiz o‘z nutqlarida ta’lim sohasiga alohida urg‘u berganliklari, ushbu soha davlat siyosati darajasida ustuvor yo‘nalish sifatida belgilanganini ta’kidladilar. Davlatimiz rahbari ta’limni mamlakat taraqqiyoti, iqtisodiy o‘sish va jamiyat barqarorligining eng asosiy omili sifatida qayd etdilar.

Shuningdek, ta’lim inson kapitalini rivojlantiruvchi va shakllantiruvchi hal qiluvchi soha ekanligi alohida ta’kidlandi. Prezidentimiz sifatli ta’lim orqali bilimli, raqobatbardosh va zamonaviy fikrlaydigan avlodni tarbiyalash mumkinligini qayd etdilar.

Murojaatnomada ta’lim tizimini injeneriya va raqamli iqtisodiyotga yo‘naltirish, injenerlik tafakkurini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyot uchun malakali kadrlar tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, IT, dasturlash, sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalar sohalariga moslashtirilgan ta’limni rivojlantirish bugungi kunning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar tomonidan Prezidentimiz Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarning joylarda izchil amalga oshirilishi yosh avlod tarbiyasi va mamlakatimiz kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.