Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman hududini rivojlantirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi va uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Murojaatnomaning mohiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda
янв.21
Deputatlar targ‘ibot tadbirlarida
янв.21
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori
янв.21
2026 yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi
янв.21
Xashar elga yarashar
янв.21
Tashabbusli budjet jarayoni 2025-yil 2-mavsum loyihalarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi manzilli o‘rganilmoqda
#MUNOSABAT

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan navbatdagi Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining muhim yo‘nalishlarini belgilab bergan dasturiy ahamiyatga ega hujjat bo‘ldi. 

Murojaatnomada davlat boshqaruvini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, shuningdek, mahalliy kengashlar faoliyatini kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Belgilab berilgan vazifalar joylarda davlat hokimiyati vakillik organlari oldiga aniq va mas’uliyatli vazifalarni qo‘ymoqda. 

Xususan, xalq deputatlari mahalliy kengashlarining vakolatlarini oshirish, ularning ijro organlari bilan hamkorligini yanada samarali tashkil etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha bildirilgan taklif va tashabbuslar kotibiyat faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Biz, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyati xodimlari, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda tashkiliy, huquqiy va axborot jihatdan har tomonlama ko‘mak berish, Kengash faoliyatining ochiqligi va samaradorligini oshirish yo‘lida mas’uliyat bilan mehnat qilishga tayyormiz. 

Ishonch bilan aytish mumkinki, ushbu Murojaatnomada belgilab berilgan ustuvor vazifalarning izchil amalga oshirilishi Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lida muhim natijalarga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengash kotibiyat mudiri
Xujanov Musurmon Abduraxmonovich 

Slide 1 of 1