Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tuman hududini rivojlantirish dasturlarining bajarilishi yuzasidan nazorat amalga oshirildi
янв.21
Deputatlik nazorati
янв.21
Deputat o‘z faoliyati to‘g‘risida saylovchilarga axborot berdi va uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
Murojaatnomaning mohiyatini o‘rganishga qaratilgan tadbirlar tuman bo‘ylab davom etmoqda
янв.21
Deputatlar targ‘ibot tadbirlarida
янв.21
Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori
янв.21
2026 yil barcha sohalarni rivojlantirishda tub burilish yili bo‘ladi
янв.21
Xashar elga yarashar
янв.21
Tashabbusli budjet jarayoni 2025-yil 2-mavsum loyihalarining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Muzrabot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi manzilli o‘rganilmoqda
UCH AVLOD UCHRASHUVI

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati T.Niyazov shahardagi “Yoshlik” mahallasidagi 5-sonli o‘rta ta’lim maktabida “Uch avlod uchrashuvi” tadbirida ishtirok etdi. Hamkorlikda tashkil etilgan mazkur tadbirda “Nuroniy” jamg‘armasi shahar bo‘limi, RMM shahar bo‘linmasi, IIB xodimlari, “Yoshlik”, “Do‘stlik” va “Paxtakor” mahallalari yettiligi a’zolari hamda yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlash, yoshlarni milliy qadriyatlar, odob-axloq, vatanparvarlik va oilaviy tarbiya ruhida kamol toptirishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida nuroniylar tomonidan hayotiy
tajribalar, ibratli xotiralar va pand-nasihatlar bilan o‘rtoqlashildi. Shuningdek, tadbirda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, kitobxonlik va ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni
oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
  

Slide 1 of 2