Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holidan xabar olindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 3-“Achchiqko'l” saylov okrugidan saylangan deputat M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-maishiy holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida Achchiqko‘l Tegirmonboshi ko‘chasi, 12-uyda yashovchi S.Nurmatova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning yashash sharoiti, mavjud muammolari hamda ijtimoiy ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida oilani mavjud ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralaridan samarali foydalanish, shu bilan birga, doimiy daromad manbasini yaratish va daromadini oshirish orqali oilani kambag‘allikdan chiqarish masalalari muhokama qilindi.

Oila a’zolarining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni bandligini ta’minlash, daromad manbasini kengaytirish hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olinib, mahalla yettiligi va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda oilaga amaliy ko‘mak ko‘rsatish choralari belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3