Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
YOSHLIK MAHALLASIDA HUDUDDAGI MUAMMOLAR O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING IJRO HOLATI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
“BIRINCHI QO‘NG‘IROQ”: YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI
янв.21
O`RQ-362-II-sonli qonun ijrosi o`rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ–937-sonli Qonuni ijrosi
янв.21
“Dolzarb 90 kun” dasturi ijrosi deputat nazoratida
янв.21
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Mash’al mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati hamda ehtiyojmand aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
“Yashnaobod” mahallasini kompleks rivojlantirish dasturi ijrosi o‘rganildi
“Uzumzor” mahallasidagi muammo muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 3-"Achchiqko'l" saylov okrugidan saylangan deputat M.Mavlonqulov tomonidan “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi M.O‘rinboyev bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

️Suhbat davomida mahallaning ijtimoiy va infratuzilmaga oid masalalari, fuqarolarni qiynayotgan muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, “Suhbatchog‘i” hududida mahalla chegaralarini belgilash (chegaralashtirish) masalasi muammoli bo‘lib turgani bildirildi. Mazkur masalaning mahalla hududining aniq chegaralarini belgilash va tegishli tartibda hal etilishi muhimligi qayd etildi.

Ushbu masalani ijobiy hal etish maqsadida viloyat darajasidagi deputatlarni jalb qilgan holda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish olib borish va muammoga amaliy yechim topish bo‘yicha kelishib olindi.

Mazkur masala deputat M.Mavlonqulov nazoratiga olinib, uning ijobiy hal etilishi yuzasidan tegishli ishlar davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3