🏛 Bandixon tumanida "Deputat va Mahalla yettiligi" hamkorligi amalda
✅Bandixon tumani "Navbahor" mahallasida xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda bosh mutaxassis E.Eshonqulov tomonidan nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
✅O‘rganish markazida — mahalla yettiligi faoliyati:
✅Tadbir davomida mahalla yettiligi a’zolarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi:
✅Mahalla raisi: Hududda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish va obodonlashtirish borasidagi ishlari;
✅Xotin-qizlar faoli: Ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash choralari;
✅Ijtimoiy xodim: Ijtimoiy reyestrdagi va nogironligi bo‘lgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan manzilli yordamlar holati;
✅Yoshlar yetakchisi: Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ularni tadbirkorlikka jalb qilish bo‘yicha hisoboti tinglandi.
✅ Muammolar va yechimlar
Muloqot davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon qiynab kelayotgan dolzarb muammolar ham atroflicha muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq choralar belgilab olindi.
✅Asosiy maqsad: Mahalla yettiligi va deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali aholi farovonligini oshirish va xalqning og‘irini yengil qilishdir.