Deputat so‘rovi – natija va nazorat
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashi 16-Sardoba saylov okrugi deputati Xonimqulov Boxodir Toshmurodovich tomonidan aholi murojaatlari asosida Qarliq–Jeynov yo‘lidagi muammo ko‘tarilib, deputat so‘rovi yuborilgan.
💡Yo‘lning 3–15 km qismi nosoz holatda edi.
Natija:
✔️ 2–4 km qismi ta’mirlandi
✔️ qolgan qismi yaqin muddatda ta’mirlanadi
✅ Hozirda deputat ish jarayonida ishtirok etib, nazorat ishlariolib bormoqda.
✔️ Xulosa: Deputat so‘rovi amalda natija bermoqda, muammolar bosqichma-bosqich hal etilmoqda.