Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bobur MFYda boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muborak tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi o‘rganildi
янв.21
Muborak tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
янв.21
#Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hunarmandchilik rivoji — deputat e’tiborida
янв.21
Manzilli o‘rganish va amaliy nazorat — rivojlanish kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Deputat va yoshlar uchrashuvi

Yoshlar bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish maqsadida har payshanba kuni hududlarda tizimli uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

 🇺🇿 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov hamda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanovlar tumandagi 229-sonli maktab bitiruvchi yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazishdi.

 ↗️ Uchrashuv davomida mamlakatimizda yoshlar ta’limi va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishlarida ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda ularning bandligini ta’minlash masalalari ustuvor vazifa sifatida belgilab berilayotgani ta’kidlandi.

 🧠 Shuningdek, so‘nggi yillarda yangi oliy ta’lim muassasalari tashkil etilib, mavjudlari kengaytirilayotgani, zamonaviy maktablar, IT markazlar va laboratoriyalar barpo etilayotgani tufayli yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani qayd etildi.

 🏛 Bugungi kunda sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va innovatsion yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilayotgani, yoshlarni aynan shu sohalarda bilim olishga yo‘naltirish muhimligi alohida ta’kidlandi.

 🔼 Uchrashuv davomida "El-yurt umidi jamg‘armasi" faoliyati haqida ham ma’lumot berilib, iqtidorli yoshlar uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalarida o‘qish va malaka oshirish imkoniyatlari mavjudligi tushuntirildi.

 💬 Muloqot yakunida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, ularga kelajak kasbini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 6