Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bobur MFYda boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Muborak tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi o‘rganildi
янв.21
Muborak tumanida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” o‘tkazildi
янв.21
#Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hunarmandchilik rivoji — deputat e’tiborida
янв.21
Manzilli o‘rganish va amaliy nazorat — rivojlanish kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi raisi O.Axmatshayev boshchiligida Kengash deputatlari tomonidan shahar Kengashida faoliyat olib borayotgan ayol deputatlar o'z jamoalarida “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayramona qutlandi.

Ularning jamiyat hayotidagi faolligi, hududlarni rivojlantirish, saylovchilar murojaatlarini hal etish hamda ijtimoiy masalalarda olib borayotgan samarali faoliyati alohida e’tirof etildi.

Ta’kidlanganidek, bugungi kunda xotin-qizlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi o‘rni tobora mustahkamlanib bormoqda.

Ayniqsa, mahalliy Kengashlarda faoliyat yuritayotgan ayol deputatlar hududlarda aholi manfaatlarini himoya qilish, muammolarni o‘rganish va ularni hal etishda muhim rol o‘ynamoqda.

Tadbir davomida ayol deputatlarga bayram tabriklari yo‘llanib, ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat, faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilandi.

Slide 1 of 6