#Sessiya
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiyada tuman Kengashi deputatlari hamda tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i N.Luqmonov o'z hisoboti bilan ishtirok etdi.
✔️Sessiya ishida:
✅ 2026-yilda tumanda amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda "Yangi O'zbekiston qiyofasidagi" va "og'ir" toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida;
✅Xalq deputatlari tuman Kengashining vakolat doirasidagi masalalar ko‘rib chiqildi.
Deputatlar mazkur masalalarni keng muhokama qilib, tegishli qarorlarni qabul qilishdi.