Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Saylovchilar bilan ochiq muloqot

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi deputatlari B.Daubaeva va J.Utemuratovlar “Do‘stlik” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazib, o‘z faoliyatlari yuzasidan axborot berdilar.

📊 Uchrashuv davomida o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslar, aholi murojaatlarini hal etish borasidagi sa’y-harakatlar haqida ma’lumot taqdim etildi.

Majlisda mahalla yettiligi hamda tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etib, dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. 

✒️ Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 4