Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Hunarmandchilik rivoji — deputat e’tiborida
янв.21
Manzilli o‘rganish va amaliy nazorat — rivojlanish kafolati
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Muborak tumani “Istiqlol” mahallasida ma’rifiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq navbatdagi 21-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Muborak tumani Kengashining VII chaqiriq 20-sessiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Mahalliy vakillik organlari – xalq hokimiyatining chinakam tayanchi sari
Debitor qarzdorlikni qisqartirish masalasi ko‘rib chiqildi

Mirobod tuman hokimligida tuman hokimi Anvar Sayfutdinov hamda tuman prokurori Bobur Abdullayev va Xalq deputatlari Mirobod tuman Kengash deputatlari boshchiligida aholi o‘rtasida debitor qarzdorlik masalalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. 

Unda tumandagi kommunal xizmat rahbarlari, tuman MIB, tumandagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv kompaniyalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda BSKlarda mavjud qarzdorliklar hajmi kattaligi, qarzdorliklarni undirish uchun yetarli ish olib borilmayotgani, bu masalada sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan mutasaddilar qattiq tanqid qilindi.

Tuman hokimi va prokurori tomonidan mas’ullarga iste’molchilar orasida to‘lov intizomini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirish, debitor qarzdorliklarni qisqartirish, ya’ni iste’mol qilingan ichimlik suvi, issiqlik ta’minoti, tabiiy gaz uchun mablag‘larni undirish bo‘yicha topshiriqlar berildi. 

Majlisda kommunal bo‘limi mutasaddilariga va boshqaruv kompaniyalar rahbarlariga kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bilan bog‘liq ishlar yuzasidan qator vazifalar yuklatildi.

Slide 1 of 10