Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Муносабат
янв.21
#Муносабат
янв.21
#Муносабат
янв.21
DEPUTAT BASLAMASI MENEN — MÁHÁLLEDE UNAMLI ÓZGERISLER
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
Kengash_faoliyati

#24_ta_masala
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputat_faoliyati
#okrugda_o'rganish
#kuz-qish_mavsumi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: 8-sonli umumta’lim maktabida sohaviy qonun va qarorlar ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida xalq ta’limi tizimini rivojlantirish, o‘quv muassasalarida munosib sharoitlarni yaratish hamda sohadagi qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qilish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov  Kengashning 8-"Navbahor" saylov okrugi deputati K.Amanqulov okrugiga qarashli “Navbahor” mahallasida 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi. Mazkur o‘rganishdan maqsad — ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda sohaga oid Prezident farmon va qarorlarining ijro holatini baholashdan iboratdir.

Monitoring davomida maktabning o‘quv-metodik bazasi, pedagoglarning dars berish mahorati, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish darajasi hamda muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlar bilan muloqot o‘tkazilib, ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari va maktabdagi sharoitlar haqidagi fikrlari o‘rganildi.

Tashrif yakunida ta’lim sifatini yanada yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni operativ bartaraf etish hamda o‘quv jarayoniga innovatsion metodlarni keng tatbiq etish yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli amaliy tavsiyalar berildi. Ijro intizomi yuzasidan belgilangan vazifalar deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 1