Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Муносабат
янв.21
#Муносабат
янв.21
#Муносабат
янв.21
DEPUTAT BASLAMASI MENEN — MÁHÁLLEDE UNAMLI ÓZGERISLER
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
ONA TILIMIZ — MILLIY O‘ZLIGIMIZ VA MA’NAVIY QADRIYATIMIZ TIMSOLI

21-oktabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu sana xalqimizning milliy o‘zligini anglash, ona tilimizga bo‘lgan hurmat va ehtiromni yuksaltirish, boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylash yo‘lidagi muhim tarixiy voqea sifatida alohida ahamiyatga ega.

1989-yil 21-oktyabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi xalqimizning ko‘p asrlik orzu-intilishlari ro‘yobining yorqin ifodasi bo‘ldi. Bugun ona tilimiz davlat va jamiyat boshqaruvida, ta’lim-tarbiya tizimida, ilm-fan, madaniyat hamda ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida munosib o‘rin egallamoqda.

O‘zbek tili — buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan bebaho boylik, milliy g‘ururimiz va ma’naviy birligimiz asosidir. Uni asrab-avaylash, adabiy til me’yorlariga rioya qilish, davlat tilining nufuzini yanada oshirish hamda uni kelajak avlodlarga sof va boy holida yetkazish har birimizning fuqarolik burchimizdir.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 37 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi!

Slide 1 of 1