Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
MAHALLALARDA JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DOIMIY E’TIBORDA

MAHALLALARDA JAMOAT TARTIBI VA XAVFSIZLIK — DOIMIY E’TIBORDA

📌 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida muhim masala — “Mahallalarda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-sentabrdagi 588-son qarori ijrosi muhokama qilindi.

🔎 Yig‘ilish davomida mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

🎥 Shuningdek, qarorda belgilangan “Elektron kuzatuv maskanlari” faoliyatini tashkil etish, videokuzatuv tizimlarining texnik holati, ularning uzluksiz ishlashi va jamoat xavfsizligini ta’minlashdagi samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Komissiya a’zolari tomonidan mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish, mahallalarda xavfsizlikni ta’minlash mexanizmlarini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

✅ Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qaror ijrosini qog‘ozda emas, amalda ta’minlash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlash hamda fuqarolar uchun xavfsiz muhit yaratishdir.