Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Муносабат
янв.21
#Муносабат
янв.21
#Муносабат
янв.21
DEPUTAT BASLAMASI MENEN — MÁHÁLLEDE UNAMLI ÓZGERISLER
янв.21
DEPUTAT SAYLAWSHILAR ALDINDA ESABAT BERDI
янв.21
Мойнақта Өзбекстан Халық демократиялық партиясының 35 жыллығына бағышланған илаж өткерилди
янв.21
KÁMBAǴALLIQTI QISQARTIW HÁM XALIQTIŃ TURMIS DÁREJESIN JAQSILAW — TIYKARǴI WAZIYPA
янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
“Tashabbusli budjet” loyihasi doirasidagi qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, viloyat deputati O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan 2026-yil “Tashabbusli budjet” dasturining 1-mavsumida g‘olib bo‘lgan loyiha asosida Qo‘qon shahridagi Neft va gaz sanoati texnikumida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida loyihani amalga oshirish jarayoni, bajarilayotgan ishlarning holati hamda ta’mirlash ishlarining borishi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyihaning umumiy qiymati 1 milliard 350 million so‘mni tashkil etib, loyiha doirasida texnikumning asosiy o‘quv binosini to‘liq ta’mirlash, shuningdek, yotoqxona binosidagi eshik va romlarni yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mazkur ishlarning amalga oshirilishi natijasida ta’lim muassasasida o‘quvchi-yoshlar uchun yanada qulay va zamonaviy sharoitlar yaratilishi ko‘zda tutilgan.

O‘rganish jarayonida texnikum hududidagi suv gidrantini ta’mirlash masalasi ham ko‘tarildi. Mazkur masalaning muhimligi inobatga olinib, uni tegishli tartibda hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

Qurilish-ta’mirlash ishlarining sifatli va belgilangan talablar asosida amalga oshirilishi, shuningdek, aniqlangan muammolarning o‘z vaqtida bartaraf etilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6