Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
"Yangiobod" mahallasida mahalla raisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

#deputat_okrugida
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#mahalla_yettiligi_bilan_hamkorlik

"Yangiobod" mahallasida mahalla raisi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashiga 5-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat B.Bo‘tayeva hamda unga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Mamarajabov deputatning saylov okrugidagi “Yangiobod” mahallasida bo‘lib, mahalla raisi hamda yoshlar yetakchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan bog‘liq mavjud holat, ularning bandligini ta’minlash hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mahallada 0–30 yosh oralig‘ida jami 1 956 nafar yosh istiqomat qiladi. Shundan 1–14 yoshdagilar 865 nafar, 14–30 yoshdagilar esa 1 091 nafarni tashkil etadi.

Hozirgi kunda mahalladagi 15 nafar ishsiz yoshning bandligi ta’minlangan. Shuningdek, joriy yilda maktabni tamomlagan 57 nafar bitiruvchining ham bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlariga ko‘maklashish bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mahallada yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholandi. Kelgusida mavjud ko‘rsatkichlarni yanada yaxshilash va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2