35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Mahalladagi infratuzilmaviy loyihalar va bolalar o‘yingohi qurilishi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "22-Bag‘dod" saylov okrugi deputati O.Maxmudov, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Xalq demokratik partiyasi Bag‘dod tuman Kengashi raisi D.Xamraqulov tomonidan "Bag‘dod" mahalla fuqarolar yig‘inida amalga oshirilayotgan infratuzilmaviy loyihalar bilan tanishildi.

🔎 O‘rganish davomida mahallada aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligini oshirish hamda ichki yo‘llarni yaxshilashga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilish loyihalari ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyihalarning bajarilish bosqichlari, aholining ehtiyojlari hamda mavjud muammolar yuzasidan mas'ullar bilan fikr almashildi.

🚧 Shuningdek, infratuzilmaviy obyektlarda olib borilayotgan qurilish va ta'mirlash ishlari, ularning sifati hamda belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Shu bilan birga tuman hokimi M.Isaqovning ko‘magida mahallada barpo etilayotgan zamonaviy bolalar o‘yingohining qurilish jarayoni ham ko‘zdan kechirildi. O‘yingohda bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, jismoniy faolligini oshirish hamda xavfsiz dam olishi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishildi.

Slide 1 of 5