35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "22-Bag‘dod" saylov okrugi deputati O.Maxmudov hamda Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan "Bag‘dod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan "Bag‘dod oilaviy poliklinikasi"da O‘zbekiston Respublikasining “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida atrof-muhitni muhofaza qilish, hududni obodonlashtirish va sanitariya holatini saqlash, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish hamda ekologik talablarga rioya etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa xodimlariga mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, uning asosiy talablari hamda tabiatni asrash, ekologik madaniyatni yuksaltirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish borasidagi mas'uliyat yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘rganish yakunida qonun talablariga qat'iy rioya etish, ekologik xavfsizlikni ta'minlash hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6