35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va sport infratuzilmasi o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "4-Matqulobod" saylov okrugi deputati G.Usmonova, Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Ismoilovlar tomonidan "Matqulobod" mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining isitish tizimi, qozonxona faoliyati, issiqlik ta’minoti, eshik va derazalarning holati hamda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tayyorgarlik ishlari atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabda o‘quvchi-yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport maydonchalari, sport jihozlari hamda to‘garaklar faoliyati ham o‘rganilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.

Ma’lumki, Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, ayniqsa avvalgi mavsumlarda isitish tizimida muammolar kuzatilgan muassasalardagi mavjud holatni o‘rganish bo‘yicha monitoring ishlari izchil amalga oshirilmoqda.

Slide 1 of 3