35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
«ЁШЛАР — КЕЛАЖАГИМИЗ»: ЁШЛАРГА ЯНГИ ИМКОНИЯТЛАР ЭШИГИ ОЧИЛМОҚДА
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"Депутат хам жаслар” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МОЙНАҚТА ЖАҢА ОҚЫЎ ЖЫЛЫ БАСЛАНДЫ
янв.21
Тиббий муассасаларни замонавий асбоб-ускуналар билан жиҳозлаш борасидаги ишлар
янв.21
Oliy ta’limga qamrov ko‘rsatkichining oshishi: 2026-yilda erishgan natijalar
янв.21
Мустақиллик йилларида халқ таълими тизимидаги туб ислоҳотлар ва янги мактаблар қурилиши
Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar o‘rganildi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining "4-Matqulobod" saylov okrugi deputati G.Usmonova tomonidan "Matqulobod" mahalla fuqarolar yig‘inining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturiga kiritilgan loyihalar ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda amalga oshirilayotgan tadbirkorlik loyihalarining borishi, ularning aholi bandligini ta’minlash hamda mahalla iqtisodiy salohiyatini oshirishdagi o‘rni tahlil qilindi.

Xususan, tashabbuskor Yunusakiyev Shuxratjon Abduxalimovich tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan zamonaviy tikuvchilik sexi tashkil etilgan. Mazkur loyiha natijasida 20 ga yaqin xotin-qizning doimiy bandligi ta’minlanib, ular uchun barqaror ish o‘rinlari yaratildi.

O‘rganish jarayonida loyihaning amalga oshirilish holati, ishlab chiqarish jarayoni va yaratilgan mehnat sharoitlari bilan tanishilib, bunday tashabbuslarning mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirishdagi ahamiyati alohida e’tirof etildi.

Slide 1 of 4