Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Xolov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Norov va R.Murodovlar tomonidan tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylarga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
⚡️O‘rganishlar davomida tashabbusli budjet dasturi doirasida g‘olib deb topilgan loyihalar asosida “Obod” va “Bahoriston” mahallalarida barpo etilib, foydalanishga topshirilgan yoshlar sport majmualarida amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlarining sifati ko‘zdan kechirildi.
⚡️Mutasaddilar tomonidan sport inshootlarining qurilish sifati, yaratilgan shart-sharoitlar, sport maydonchalari va yordamchi binolarning holati atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, mazkur majmualardan yoshlar samarali foydalanishi, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
⚡️O‘rganish natijalari asosida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va xulosalar tayyorlanib, xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritilishi belgilandi.
⚡️Bunday o‘rganishlar aholi tashabbuslari asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli bajarilishini ta’minlash, budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda ijtimoiy obyektlardan samarali foydalanish ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 7