Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Andijon shahrida yana bir e’tiborsizlik oqibatida aholi hayoti xavf ostida qolmoqda.

Aholi bilan uchrashuvlar davomida aniqlangan muammolardan biri — “Nodirabegim” MFY hududida joylashgan TP-232-raqamli elektr transformatori atrofidagi xavfli holatdir. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki, mazkur transformator atrofida zarur xavfsizlik choralariga amal qilinmagan: himoya to‘siqlari yetarli emas, ogohlantiruvchi belgilar esa deyarli mavjud emas.

Eng achinarlisi, ushbu obyekt ko‘p qavatli uylar yonida joylashgan bo‘lib, bu yerda har kuni bolalar o‘ynaydi. Mas’ul tashkilotlarning loqaydligi sabab, oddiy ehtiyotsizlik ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Shu holat yuzasidan Andijon viloyati “Hududiy elektr tarmoqlari” korxonasining “Yangi shahar” bo‘limiga deputat so‘rovi yuborildi.

So‘rovda:
— transformator atrofini zudlik bilan to‘liq o‘rash,
— aniq va ko‘rinadigan ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatish,
— aholi, ayniqsa bolalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar ko‘rish qat’iy talab qilindi.

Mazkur masala qat’iy nazoratga olingan. Mas’ul tashkilotlar shuni unutmasligi kerak: bunday e’tiborsizlik inson hayoti bilan bog‘liq masalada kechirilmaydi.

Slide 1 of 2