Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi.
✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi majlisida "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi “Respublikadagi kriminogen vaziyatni kundalik tahlil qilish faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-111-sonli qaror ijrosi yuzasidan viloyat Prokurori M.Eshnazarovning 2026-yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti" viloyat Prokurorining o'rinbosari tomonidan taqdim etildi.
✅Kun tartibiga kiritilgan Axborot yuzasidan doimiy komissiya a'zolari tomonidan taklif va savollar berildi. Axborotdagi kamchiliklarni to'g'irlab, sessiyagacha doimiy komissiyaga taqdim etish belgilandi.
✅Axborot yuzasidan doimiy komissiya qarori qabul qilindi va sessiya kun tartibiga kiritilishi belgilandi.