Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazilib, unda tumanning turli hududlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning murojaatlari tinglandi.

⚡️Qabul davomida fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, kommunal xizmatlar hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida fuqarolarga tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, joyida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar ijroga qaratildi.

⚡️Qabul jarayonida fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi raisi Z.Suyarova tomonidan aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dard va tashvishlarini tinglash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topish davlat organlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, aholi muammolarini joyida hal etish va xalq bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.