Tuman Kengashi qarorlari ijrosi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining 2026-yil 4-may kuni o'tkazilgan sessiyasida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risida"gi masala ko'rib chiqilib, qaror qabul qilingan edi. Sessiyada Olmazor MFY Iqbol ko‘chasida yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan ularni elektr tarmog‘i bilan uzliksiz ta’minlash masalasi muhokama etilgan. Tuman Kengashining mazkur qaroriga muvofiq 160 kVa lik 1 (bir) dona TP Olmazor MFYga yetkazildi. Aholi tuman hokimligi va tuman Kengashi deputatlaridan mamnun.