Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tarepinen "Martlik mektebi" jumislari uyrenildi
янв.21
Joqargi Kenes deputati tarepinan múrájat úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Moynaq rayonında investiciyalıq joybar jumısı úyrenildi
янв.21
Мойнақта Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Máhálledegi hayal-qızlar belsendileri tárepinen ámelge asırılıp atırǵan ilajlardıń nátiyjeliligin úyrenildi
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ" МЕНЕН УШЫРАСЫЎ.
янв.21
Үйрениў жумыслары
янв.21
Deputat sorawı nátiyje berdi.
DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI.

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Tashmuxamedova Muxabbat Baxtiyorovna tomonidan saylov okrugidagi fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida Chilonzor tumani 2-Qatortol va Botirma ko‘chalari kesishmasidagi piyodalar harakati xavfsizligi bilan bog‘liq masala yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

Murojaatda mazkur hududda amalga oshirilgan ta’mirlash ishlari natijasida piyodalar o‘tish yo‘lagi va ariq o‘rtasida piyodalar uchun qulay va xavfsiz o‘tish imkoniyati yaratilmagani, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq ayrim muammolar mavjudligi qayd etilgan.

Deputat so‘rovi Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqildi hamda mas’ul xodimlar ishtirokida joyiga chiqqan holda atroflicha o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, murojaatda ko‘rsatilgan holatlar tasdiqlanib, piyodalar uchun zarur sharoitlarni yaratish, harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rilgani ma’lum qilindi.

Xususan, Chilonzor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan ushbu hududda piyodalar harakati uchun zarur sharoitlar yaratilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirildi.

Shu tariqa, deputat so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan vakolatli tashkilotlarning rasmiy javobi olindi, murojaatda ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar bajarildi hamda deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi.

📥📥📥

✅ Fuqarolar murojaati o‘rganildi
✅ Deputat so‘rovi yuborildi
✅ Masala joyiga chiqqan holda ko‘rib chiqildi
✅ Tegishli tashkilotlar tomonidan amaliy choralar ko‘rildi
✅ Zarur sharoitlar yaratildi
✅ Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Slide 1 of 3