Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat tarepinen "Martlik mektebi" jumislari uyrenildi
янв.21
Joqargi Kenes deputati tarepinan múrájat úyrenildi.
янв.21
Қәўипсиз бақша: Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Moynaq rayonında investiciyalıq joybar jumısı úyrenildi
янв.21
Мойнақта Мәмлекетлик мектепке шекемги билимлендириў мәкемелери үйренилди
янв.21
Máhálledegi hayal-qızlar belsendileri tárepinen ámelge asırılıp atırǵan ilajlardıń nátiyjeliligin úyrenildi
янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
"МӘҲӘЛЛЕ ЖЕТИЛИГИ" МЕНЕН УШЫРАСЫЎ.
янв.21
Үйрениў жумыслары
янв.21
Deputat sorawı nátiyje berdi.
“Ma’rifat” mahallasida ijtimoiy xodim va xotin-qizlar faoli faoliyati tаhlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda Kengash deputati A.Mustafakulov shahardagi “Ma’rifat” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdilar.

💬 Tashrif davomida mahallaning ijtimoiy xodimi hamda xotin-qizlar faolining kundalik faoliyati mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘rganildi.

💬 Deputatlar tomonidan quyidagi masalalar tahlil qilindi:

▶️Ijtimoiy himoya: Ijtimoiy daftarlariga kiritilgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligi;

▶️Oila va xotin-qizlar: Xotin-qizlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va oilalardagi ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;

▶️Hujjatlar yuritilishi: Ijtimoiy xodimlarning fuqarolar bilan olib borayotgan muloqotlari va ularning hisobot shakllari.

🔵Suhbat davomida deputatlar xodimlarning ish uslubini yanada takomillashtirish, ayniqsa, ehtiyojmand qatlamga yordam ko‘rsatishda sustkashlikka yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq tavsiyalar va ko‘rsatmalar berdilar.

💬Xususan:
▶️Har bir oilaning muammosini “mahallabay” o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish;
▶️Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish va ularning bandligini ta’minlashda tashabbuskorlik ko‘rsatish;
▶️Aholi bilan muloqotda ochiqlik va samimiylikni birinchi o‘ringa qo‘yish masalalari muhokama qilindi.