Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 20-Qozoyoqli saylov okrugidan saylangan deputat Musaev Lazizjon Zafarovich hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri D.Sherboyevlar tomonidan tumandagi "Alpomish" mahallasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Muloqotdan ko‘zlangan asosiy maqsad fuqarolar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralarni belgilashdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy himoya, mahalla infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni asfaltlash, ichimlik suvi tarmog‘ini tortish kabi dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni hal etish yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” doirasida hal etilishi mumkin bo‘lgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavjud muammolarni mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda joyida hal qilish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.

Muloqot davomida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan fuqarolarga kredit olish, subsidiya ajratish tartiblari hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi.

Bunday uchrashuvlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni tizimli hal etish hamda xalq bilan ochiq muloqotni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 1