Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN TADBIRLAR SAMARADORLIGI, YOSHLAR BANDLIGI O‘RGANILDI.

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 4-apreldagi “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-706-IV-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 21-Nevich saylov okrugidan saylangan deputat Yoqubova Xusnora Abduxamidovna o‘zi saylangan okrugdagi “Novdak” mahallasida bo‘lib, hududda “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rgandi.O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi Boltayev
Amirjon Fayzullaevich tomonidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatilayotgan ko‘maklar, amalga oshirilgan ishlar hamda tashkil etilgan tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi. Ma’lum qilinishicha, joriy yil boshidan buyon 16 nafar yosh doimiy ishga joylashtirilib, ularning bandligi ta’minlangan.Shuningdek, mahallada yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilayotgani qayd etildi. Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilayotgan sport musobaqalarida ishtirok etish uchun 1800 nafar yosh tomonidan arizalar topshirilgan.Bundan tashqari, mahalla hududida og‘ir toifadagi 4 nafar yosh aniqlanib, ularning muammolarini bartaraf etish bo‘yicha manzilli choralar ko‘rilmoqda. Hozirga qadar 2 nafar yoshning muammosi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan 2 nafar yosh bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda. O‘rganish yakunida yoshlar bandligini ta’minlash, ularni sport va boshqa ijtimoiy faolliklarga keng jalb etish hamda muammolarini o‘z vaqtida hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
  

Slide 1 of 3