Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
#tavsiyalar_asosida
#tavsiyalar_asosida

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Isamutdinov hamda mutaxassislar I. Ikromov va Z. Temirova tomonidan Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqotlar chog‘ida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni sport, madaniyat va tadbirkorlik yo‘nalishlariga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Yoshlar bilan ishlashda manzilli yondashuvni kuchaytirish, har bir murojaat va muammoni o‘z vaqtida hal etish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligini oshirish, mahalladagi yoshlarning imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ishlarni yanada faollashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Kelajak poydevori bo‘lgan yoshlar bilan ishlash masalasi doimiy e’tibor markazida bo‘lishi qayd etildi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati

Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 4