Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida tuman deputati D.Rustamova tashabbusi bilan bolalar uchun bepul tibbiy ko‘rik tadbiri tashkil etildi.

Tadbir doirasida malakali tibbiyot xodimlari tomonidan bolalar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatlik holati o‘rganildi. Xususan, qalqonsimon bez kasalliklari (endemik buqoq) va boshqa kasalliklarning oldini olish, ularni erta aniqlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, tadbir davomida bolalarga yod preparatlari hamda boshqa zarur dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.

Mazkur xayriya tadbiri bolalarning salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida kasalliklar profilaktikasini kuchaytirish hamda yosh avlodga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi. Tadbir ishtirokchilari va ota-onalar tomonidan ushbu tashabbus mamnuniyat bilan kutib olindi.

Slide 1 of 1