Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Xotin-qizlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi

🔷Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashiga 25-“Dadaboyev” saylov okrugidan saylangan deputat D.Xolmurotov, tuman hokimining o‘rinbosari L.Shodiyeva hamda mahalla faollari ishtirokida “Pskom” MFY hududida notinch va nizoli oilalar holatini o‘rganish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan muhokama yig‘ilishi tashkil etildi.

🔷Tadbir davomida nuroniy onaxonlar ishtirokida mahallada istiqomat qilayotgan notinch va nizoli oilalarning ijtimoiy-ma’naviy muhiti, oilaviy munosabatlar hamda yuzaga kelayotgan muammolar atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, erta tug‘ruq va erta nikoh holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔷Muhokama jarayonida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ayniqsa oilaviy nizolar sabab yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni bartaraf etish bo‘yicha aniq profilaktik choralar belgilab olindi.

🔷Mazkur tadbir mahalla hududida osoyishtalikni ta’minlash, oilalar farovonligini mustahkamlash hamda xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2