Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sodiqov Mo‘min Raxmatullayevich tashabbusi bilan Jizzaxlik mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot ko'rinishida uchrashuv tashkil etilib, unda viloyat Kengashi deputati E.To'raqulov hamda mutasaddi tashkilot vakillari ishtirok etishdi. Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mas’ul tashkilotlarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, tadbir yakunida Saxovat tadbiri tashkil etilib, mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalar holidan xabar olindi. Ularga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi. Mazkur uchrashuv aholining muammolarini o‘rganish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etdi.