Murojaat ijobiy hal etildi: Deputat so‘rovi natija berdi
Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputati Rajabova Safargul Normuradovnaga “Yangi yo‘l” mahallasi, “Yangi hayot” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro X.To‘rayeva tomonidan muhim murojaat kelib tushgan edi. Murojaatda fuqaroning xonadoni yaqinidagi elektr ustuni yaroqsiz holatga kelib qolganligi va xavf tug‘dirayotgani bayon etilgan.
Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi. Natijada:
Muammo qisqa fursatlarda o‘rganib chiqildi;
Yaroqsiz holatdagi elektr ustunini ta’mirlash va xavfsiz holatga keltirish choralari ko‘rildi;
Bugungi kunda elektr ustuni to‘liq ta’mirlanib, aholi xavfsizligi ta’minlandi.
Xalq manfaati yo‘lidagi amaliy ishlar davom etadi