NAZORAT TADBIRI O'TKAZILDI.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 2025-yil 25-fevraldagi "2025-yilda Qiziltepa tumanida birinchi bosqichda ishga tushiriladigan drayver loyihalarning manzilli dasturi to‘g‘risida"gi VII-5-23-5-72-K/25-sonli qarorining ijrosi tuman Kengashi raisi U.Bobojonov tomonidan o‘rganildi.
✅ M-37 Xalqaro magistral yo‘lning tuman hududidan o‘tgan 22 km qismida xizmat ko‘rsatish va servis obektlari;
✅ Tuman markazida joylashgan “O‘zbekiston” shoh ko‘chasining 800 metr qismini tun-u kun faoliyat
olib boradigan 24/7 rejimga ishlayotgan drayver loyihalar joyida borib ko‘rib chiqildi.
❗️ Yuqorida ko‘rsatilgan obyektlar ishga tushirilishi munosabati bilan jami 390 nafar ish o‘rni yaratilgan.
📣📣📣 Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati