Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Депутат мәҳәлледе” жойбары шеңберинде ушырасыў өткерилди
янв.21
#Мүнәсибет
янв.21
МҮНӘСИБЕТ
янв.21
ИСЛЕП ШЫҒАРЫЎ ТАРАЎЛАРЫ ЖУМЫСЫ ҮЙРЕНИЛДИ
янв.21
Депутат тәрепинен ҳаял-қызлардың бәнтлигин тәмийинлеў бойынша әмелий жумыслар үйренилди
янв.21
"MÁHÁLLE JETILIGI" MENEN UShÍRASÍW.
янв.21
Мойнақ дуз ислеп шығарыў заводы искерлиги үйренилди
янв.21
#Депутатлық_қадағалаў
янв.21
Исбилерменлик тараўы үйренилди
янв.21
Balıqshılıqtı rawajlandırıw joybarı úyrenildi
Mahalla yettiligi faoliyati joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi deputati, O‘zbekiston Mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari To‘lqin Qodirov tomonidan Shodlik va Yangiobod mahallalarida ishchi tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida mahalla yettiligi tomonidan olib borilayotgan kundalik faoliyat, xususan hududni obodonlashtirish, aholining ijtimoiy muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishidagi ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, mahalla faollari va mas’ul xodimlar bilan muloqot o‘tkazilib, mavjud ishlarni yanada samarali tashkil etish, aholi bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish va mahallada barqaror ijtimoiy muhitni mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ishchi tashrif mahalla yettiligi faoliyatini tizimli ravishda rivojlantirish, fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda mahallalarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 4