Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Bugun Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova tomonidan o‘tkazilgan fuqarolar qabuli davomida bir qator masalalar va muammolar ko‘tarildi.

Xususan, "Tinchlik" mahallasidagi bolalar o‘yingohining qarovsiz qolganligi ta’kidlandi. Natijada ayrim sport anjomlari buzilgan, ayrimlari esa foydalanishga yaroqsiz holatga kelgan.

Mazkur holat bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonchalarining xavfsizligi va sifati masalasini kun tartibiga olib chiqmoqda.

Fuqarolar tomonidan bildirgan taklif va murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga ma’lumot yetkazilganligi va yaqin kunlarda ushbu muammo yuzasidan amaliy ishlar olib borilishi ma'lum qilindi.

Slide 1 of 3