Yangiliklar

Yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati M.Aynashova “Pargos” MFY yoshlar yetakchisi B.Amantayev tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.

🔹Oʻrganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘yicha olib borilayotgan tadbirlar tahlil qilindi.

🔹M.Aynashova mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati bilan tanishar ekan, yoshlar orasida kitobxonlikni kengaytirishga e'tibor qaratish yuzasidan tavsiyalar berdi. 

🔹Shu bilan birga, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ular uchun yangi imkoniyatlar yaratishda hamkorlikni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.

Slide 1 of 2