Yangiliklar

Kotib

Deputat axboroti

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zXDP a’zosi Shaxnoza Umarova saylovchilarga 2026-yil 3-choragida okrugdagi faoliyati, amalga oshirilgan ishlar, fuqarolar murojaatlari va hududdagi dolzarb masalalar yuzasidan olib borilgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

Deputat axborotida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha axborot berdi:

Hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash va aholi muammolarini hal etish, kelib tushgan murojaatlar, ularning ko‘rib chiqilishi va natijalari, tegishli tashkilotlarga yuborilgan so‘rovlar va ular yuzasidan olingan javoblar,  sessiyalar, doimiy komissiyalar yig‘ilishlari va qabul qilingan qarorlar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan suhbatlashdi.

Asosiy maqsad: saylovchilarni deputat faoliyati bilan tanishtirish, ochiqlik va hisobdorlikni ta’minlash hamda aholi bilan samarali muloqotni mustahkamlash.

Slide 1 of 3